📅 2025-yil 13-may kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyi bitiruvchilari uchun muhim ma’naviy-ma’rifiy va kasbga yo‘naltiruvchi tadbir tashkil etildi.
👨💻 Tadbir davomida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida yangi tashkil etilgan, IT sohasiga ixtisoslashgan AKITA fakultetining targ‘ibot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
🖥 Taqdimot davomida o‘quvchilarga AKITA fakultetining yo‘nalishlari, zamonaviy axborot texnologiyalariga oid fanlar, o‘quv jarayonining innovatsion yondashuvlari va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🎯 Ushbu tashrif bitiruvchilarda oliy ta’limga, xususan, IT sohasiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi hamda kelajak kasbini ongli tanlashda muhim motivatsion omil bo‘ldi.