3-24-guruh o‘quvchilari ota-onalari bilan o‘tkazilgan yakuniy pedagogik yig‘ilish

2025-yil 4-iyun kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti huzuridagi 2-son akademik litseyda 3-24-guruh o‘quvchilari ota-onalari ishtirokida o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi, tartib-intizomi va yozgi taʼtil davridagi xavfsizlik masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishni akademik litsey direktori Ilhomjon Komilovich Mamajonov ochib berdi. U o‘z nutqida ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni va masʼuliyati haqida to‘xtalib, ularni befarq bo‘lmaslikka, farzandlarini doimiy nazoratda ushlab borishga chaqirdi. Shuningdek, yozgi taʼtil davrida bolalar xavfsizligi, vaqtni mazmunli o‘tkazish va zararli odatlardan asrash bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish davomida fan o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari tahlil qilindi, yutuqlar va kamchiliklar tahlil asosida muhokama qilindi. Tadbir so‘nggida o‘quv yilini aʼlo baholar bilan yakunlagan o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.