Akademik litsey o‘quvchi-yoshlarining ta’til davrini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida, shuningdek “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida, 2025-yil 17-iyun kuni navbatdagi ma’rifiy sayohat tadbiri tashkil etildi.
Akademik litseyning 7-24-guruh rahbari Z. Rahmonova boshchiligida guruh o‘quvchilari Farg‘ona viloyatining tarixiy va diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘lgan “Ho‘jampossho ziyoratgohi”ga tashrif buyurdilar. Sayohat davomida o‘quvchilarga ushbu maskanning tarixiy ahamiyati, madaniy merosi va milliy qadriyatlarimiz bilan bog‘liq jihatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Mazkur tadbir orqali o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ichki turizmni targ‘ib qilish, milliy tarix va madaniyatga bo‘lgan hurmatni oshirish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsad qilingan.
✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨