Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida joriy yilning 19-iyun kuni o‘quvchilarning va Soy bo‘yi MFY yoshlari uchun ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida, shuningdek “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari S. Xolbekova va M. Isamutdinova tomonidan fransuz tilini o‘rganish to‘garaklari tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga fransuz tilining asosiy qoidalari, lug‘at boyligini oshirish usullari va og‘zaki muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shuningdek, o‘quvchilar ingliz tilida murakkab matnlar tarjimasi ustida ishlash bo‘yicha bellashuvlarda qatnashib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
💠 Ushbu tadbir o‘quvchi-yoshlar orasida xorijiy tillarga qiziqishni oshirish, tarjima va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.