“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 2025-yil 20-iyun kuni o‘quvchilarning va Soy bo‘yi MFY yoshlari uchun ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida, shuningdek “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Litsey informatika fani o‘qituvchisi G. Isroiljonova tomonidan o‘quvchi-yoshlar uchun dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha loyihalar ustida ishlash mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga dasturlash asoslari, algoritmlash, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha nazariy tushunchalar va amaliy topshiriqlar berildi. O‘quvchilar kichik guruhlarda birgalikda ishlash orqali ijodiy g‘oyalar ishlab chiqish, ularni dasturlash muhitida sinab ko‘rish va loyihalarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu tadbir o‘quvchilar orasida IT sohasiga qiziqishni oshirish, raqamli savodxonlikni rivojlantirish, kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.