“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davomida FarDTU 2-son akademik litsey o‘quvchilari va Soy bo‘yi MFY yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazishga qaratilgan “Kitobxon yoz – 2025” tadbirlar rejasiga asosan, joriy yilning 23-iyun kuni navbatdagi ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Litsey ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi M. Axronqulova tomonidan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asari tahlili tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida asarning asosiy g‘oyalari, qahramonlarning xarakteri va hayotiy falsafasi, milliy qadriyatlar va mehnatsevarlik mavzusi haqida atroflicha suhbatlar o‘tkazildi. O‘quvchilar asar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar, qiziqarli savol-javoblar va tahliliy muhokamalar bo‘lib o‘tdi.