“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davomida FarDTU 2-son akademik litsey o‘quvchilari va Soy bo‘yi MFY yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazishga qaratilgan “Yozgi sport o‘yinlari” tadbirlar rejasiga asosan, joriy yilning 24-iyun kuni sport musobaqasi tashkil etildi.
Litsey matematika fani o‘qituvchisi O. Mamalatipov tomonidan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sportning volleybol turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilar sog‘lom raqobat muhitida o‘z jismoniy tayyorgarligini namoyish etdilar, jamoada ishlash, o‘zaro hurmat va hamjihatlik tamoyillarini yanada mustahkamlashdi.
Mazkur sport o‘yini o‘quvchilar o‘rtasida do‘stona muhit yaratish, sportga qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi.