Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida joriy yilning 25-iyun kuni o‘quvchilar va Soy bo‘yi MFY yoshlarining yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida, shuningdek “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida kino kuni tadbiri tashkil etildi.
Tadbir doirasida yoshlarga o‘zbek kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Ilhaq” badiiy filmi namoyish etildi. Ushbu film orqali o‘quvchi-yoshlar qalbida vatanparvarlik, halollik, rostgo‘ylik, mehr-oqibat va insoniylik tuyg‘ularini singdirish maqsad qilingan.
💠 Film namoyishidan so‘ng yoshlar asardan chuqur taassurotlar oldilar va o‘zlariga tegishli xulosalar chiqardilar. Tadbir o‘quvchilar ma’naviyatini boyitish, ularda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish va yozgi ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi.