“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida joriy yilning 27-iyun kuni o‘quvchilarning va Soy bo‘yi MFY yoshlarining yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida, shuningdek “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

Litsey informatika fani o‘qituvchisi G. Isroiljonova tomonidan o‘quvchi-yoshlar uchun dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha loyihalar ustida ishlash to‘garak mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga dasturlash asoslari, algoritmlarni tuzish va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy tushunchalar berildi. O‘quvchilar kichik guruhlarda ishlash orqali o‘zlarining loyihalarini ishlab chiqish, kod yozish va natijalarni taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Ushbu tadbir o‘quvchilar orasida IT sohasiga qiziqishni oshirish, raqamli savodxonlikni rivojlantirish, kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazishga xizmat qildi.