Akademik litsey o‘quvchi-yoshlarining ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlar rejasiga muvofiq, joriy yilning 8-iyul kuni akademik litseyning 8-24 guruh rahbari B. Polvonova boshchiligida guruh o‘quvchilari Farg‘ona viloyatining tarixiy va diqqatga sazovor joylaridan biri — “Huvaydo ziyoratgohi”ga tashrif uyushtirdilar.
Ushbu sayohat davomida o‘quvchi-yoshlar mahalliy tarix va madaniyat bilan yaqindan tanishdilar, tarixiy obidalar haqida qimmatli ma’lumotlar oldilar. Tadbir orqali ichki turizmni targ‘ib qilish, yurtimizning boy madaniy merosini o‘rganish, yoshlar orasida vatanparvarlik va tarixiy xotiraga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish maqsad qilingan bo‘lib, sayohat ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.