Akademik litsey o‘quvchi-yoshlarining hamda Soy bo‘yi MFY yoshlarining ta’til davrini mazmunli o‘tkazish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida turli fanlarga oid amaliy mashg‘ulotlar davom ettirilmoqda.
Joriy yilning 9-iyul kuni akademik litsey fizika fani o‘qituvchisi I. Usmonov tomonidan “Qattiq jismlarning issiqlikda kengayish qonunini o‘rganish” mavzusida amaliy fizika bo‘yicha to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga qattiq jismlarning issiqlik ta’sirida kengayishi, bu holatning kundalik hayotdagi misollari hamda texnikadagi ahamiyati haqida nazariy va amaliy bilimlar berildi.
Ushbu to‘garak nafaqat fanlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, balki yoshlarning ilmiy tafakkurini shakllantirishga xizmat qildi.