“Kitobxon yoz–2025”: Abdulla Qahhor hikoyalari o‘rganildi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davomida FarDTU 2-son akademik litsey o‘quvchilari va Soy bo‘yi MFY yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan “Kitobxon yoz–2025” tadbirlar rejasiga muvofiq, 2025-yil 28-iyul kuni litseyning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Z. Rahmonova tomonidan o‘quvchi-yoshlar bilan Abdulla Qahhor ijodiga bag‘ishlangan adabiy suhbat va tahliliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida yozuvchining o‘ziga xos badiiy uslubi, hayotiy voqealar tasviri, qahramonlarning ruhiy holati va muallifning jamiyatga bo‘lgan munosabati hikoyalari asosida chuqur tahlil qilindi. O‘quvchilar asarlardan olingan iqtiboslar asosida fikr bildirdilar, savol-javoblar va erkin munozaralarda faol ishtirok etdilar.