Dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha navbatdagi to‘garak mashg‘uloti

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida joriy yilning 1-avgust kuni o‘quvchilarning hamda Soy bo‘yi MFY yoshlarining ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida litsey informatika fani o‘qituvchilari tomonidan “Dasturlash va sun’iy intellekt” yo‘nalishlarida to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulot davomida o‘quvchi-yoshlar dasturlash asoslari, algoritmlar tuzish, sun’iy intellektning ishlash tamoyillari kabi muhim bilimlarni amaliy loyihalar orqali o‘zlashtirdilar. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib kichik dasturiy loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha jamoaviy ishlar tashkil etildi.