2024-yil 23-dekabr kuni Respublika bilim va malakalarni baholash agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i va mutaxassislari ishtirokida akademik litsey bitiruvchi o‘quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida bitiruvchilarga ta’lim tizimidagi yangiliklar, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘yicha muhim ma’lumotlar, shuningdek, bilim va malakalarni baholash jarayonlari haqida batafsil tushuntirish berildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislardan kerakli javoblarni olishdi.