O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 49/10-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ishchi guruh tomonidan “Akademik litsey iftixori” stipendiyasi tanlovi o‘tkazildi. Tanlov doirasida 30 nafar akademik litseyning iqtidorli o‘quvchilari hujjat topshirishdi. Ularning ichidan eng bilimli, zukko, tashabbuskor va yutuqlarga erishgan 10 nafar nomzod saralab olindi.
Mazkur stipendiya uchun tanlov jarayonida o‘quvchilarning bilim darajasi, ijodkorligi, innovatsion g‘oyalari va akademik yutuqlari atroflicha baholandi. Saralangan 10 nafar o‘quvchi yoshlarga “Akademik litsey iftixori” stipendiyasi taqdim etilib, ularning ta’lim yo‘nalishida erishgan muvaffaqiyatlari alohida ta’kidlandi.