Akademik litsey va Prezident maktabi o‘quvchilari o‘rtasidagi intellektual bellashuv

Bugun 🏛 akademik litseyning “Zakovat klubi” aʼzolari Farg‘ona viloyati “Prezident maktabi” o‘quvchilari bilan o‘rtoqlik uchrashuvida bellashdilar.

Intellektual o‘yin qiziqarli va mazmunli tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Savollarga tezkor va aniq javob berish, mantiqiy fikrlash hamda jamoaviy ishlash bo‘yicha o‘quvchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning bilim va tafakkurini oshirishga, o‘zaro do‘stlik va tajriba almashishga xizmat qiladi.