O‘quvchilar bilimini baholash, yil davomida egallangan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida 2024–2025 o‘quv yilining oxirgi “30 kunlik” test nazorati bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur nazorat sinovlari barcha fanlar bo‘yicha o‘tkazilib, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar chuqur tahlil qilinadi. Test jarayonlari belgilangan tartibda, nazorat ostida, shaffof va adolatli muhitda tashkil etilmoqda.
Ushbu yakuniy sinovlar o‘quvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasini baholash, keyingi bosqichga tayyorlik holatini aniqlashda muhim mezon bo‘lib xizmat qiladi. Litsey jamoasi barcha o‘quvchilarga test sinovlarida muvaffaqiyat tilaydi.