Akademik litseyda o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish va o‘quvchilar bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida 30 kunlik test sinovlari davom etmoqda. Ushbu testlar o‘quvchilarni turli fanlar bo‘yicha tayyorgarlik darajasini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkonini beradi.
Har bir kun o‘ziga xos mavzularga bag‘ishlanib, matematika, fizika, rus tili, ingliz tili kabi fanlardan testlar o‘tkazilmoqda. Sinovlar nafaqat o‘quvchilarning nazariy bilimlarini, balki mantiqiy fikrlash qobiliyatini ham baholashga xizmat qiladi.