Akademik litseyda bitiruv imtihonlari boshlandi

2025-yil 28-may sanasidan boshlab akademik litsey bitiruvchilari uchun yakuniy bitiruv imtihonlari boshlandi.

Ayni damda bitiruvchi o‘quvchilar o‘z mutaxassislik fanlari bo‘yicha amaliy imtihonlarni topshirmoqdalar. Imtihonlar tartibli, jiddiy va mas’uliyatli ruhda o‘tmoqda.

Bu jarayon bitiruvchilarning olgan bilimlarini amalda qo‘llay olishlari, mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini namoyon etishlariga zamin yaratmoqda.

📚 Barcha bitiruvchilarga imtihonlarda ulkan omad va yuksak natijalar tilaymiz! Sizga ishonamiz!