O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 30-sentabrdagi 361-sonli buyrug‘ida, Talaba va o‘quvchilar o‘rtasida “Kitob mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish to’g’risidagi topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil 29-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU farg’ona filiali akademik litseyida o’tkazilgan “Kitob mening do’stim” ko’rik tanlovi litsey yoshlar ishlari bo’limi boshchiligida, ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Sh.Parpiyeva tomonidan talaba va o’quvchilar o’rtasida “Kitob mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish to’g’risidagi Nizomga asosan uch bosqichda, birinchi bosqichi test shaklida, ikkinchi bosqichi o’zlari tanlagan badiiy asarlarga annotatsiya berish va uchinchi bosqichi og’zaki savol javob shaklida tashkil etildi. Ko’rik tanlovda g’olib bolgan va fal ishtirok etgan o’quvchilar litsey ma’muriyati tomonidan taqdirlandilar.
- 29 Oct
- 2024