Akademik litseyda “Mes loisirs preferes” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti

🏛 Bugun, 2024-yil 20-noyabr kuni akademik litseyning fransuz tili fani o‘qituvchisi 👩‍🏫 Xolbekova Sayyora tomonidan 7-24-guruh o‘quvchilari 👨‍🎓👩‍🎓 o‘rtasida “Mes loisirs préférés” (Mening sevimli mashg‘ulotlarim) mavzusidagi ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Dars davomida o‘quvchilar fransuz tilida o‘z sevimli mashg‘ulotlari haqida gapirish, suhbat qurish va mazkur mavzuga oid lug‘at boyligini oshirish imkoniga ega bo‘lishdi. Interaktiv usullar, jumladan, rolli o‘yinlar va savol-javoblar orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi oshirildi.

Ochiq darsda nafaqat o‘quvchilarning til bilimi, balki ularning ijodiy fikrlash va o‘z fikrlarini ravon ifoda etish qobiliyatlari ham rivojlandi.

Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilar tomonidan fransuz tilida kichik taqdimotlar taqdim etilib, dars yuksak saviyada o‘tkazildi. Ustoz Sayyora Xolbekovaning innovatsion yondashuvi o‘quvchilarning faolligi va muvaffaqiyatiga xizmat qildi. 🎓👏