2025 yil 30-aprel kuni akademik litseyda navbatdagi an’anaviy “Onalarga ehtirom” nomli festival tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirda 6-24 guruh rahbari, faol ustoz Xolbekova Sayyora boshchiligida guruh o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.
Festival davomida onalarga bo‘lgan mehr va hurmat, ona mehri timsolidagi tuyg‘ular kuy-qo‘shiqlar, she’rlar, sahna ko‘rinishlari va samimiy dil so‘zlari orqali ifoda etildi. Tadbirga tashrif buyurgan aziz onalar o‘quvchi yoshlar ijrosidagi har bir chiqishdan chuqur ta’sirlanib, o‘z farzandlari bilan faxrlanishdi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda, iliq va samimiy muhitda o‘tdi. Onalar ko‘zlarida quvonch yoshini, qalblarida esa cheksiz faxr va minnatdorchilikni ko‘rish mumkin edi. “Onalarga ehtirom” festivali o‘quvchilar qalbida mehr-oqibat, odob-axloq va oilaga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.