Akademik litseyda sinov testlari o‘tkazildi.

🗓 Bugun, 29-mart kuni soat 14:00 da akademik litseyimizda navbatdagi sinov testlari bo‘lib o‘tdi.

📌 Testlar har shanba kuni soat 14:00 da muntazam ravishda o‘tkaziladi.

❗️ Testda qatnashish mutlaqo bepul.

✍️ Sinov testlari akademik litseyga topshirishni rejalashtirayotgan 9-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.

🧠 Testlar tarkibida IQ testlari ham mavjud bo‘lib, ular orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash darajasi ham baholanadi.

📈 Bu testlar o‘quvchilarni kirish imtihonlariga puxta tayyorlash, ularning bilim va salohiyatini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.