2025-yil 28-may kuni akademik litseyda 2024–2025-o‘quv yili yakuni hamda bitiruvchi o‘quvchilarni mustaqil hayotga kuzatish maqsadida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali tarzda o‘tkazildi.
Bayram tadbiri yuksak ko‘tarinkilik, samimiylik va quvonchli lahzalarga boy bo‘ldi. Unda bitiruvchilar tomonidan kuy va qo‘shiqlar, raqslar, she’rlar va ustozlarga bag‘ishlangan dil so‘zlari ijro etilib, yig‘ilganlarga unutilmas tuyg‘ular ulashildi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan ota-onalar farzandlarining litseyda olgan chuqur bilimlari, erishgan yutuqlari va tarbiyaviy jihatdan kamol topganliklari uchun litsey ma’muriyati, ustoz-murabbiylarga chuqur minnatdorchilik izhor etdilar.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” — bu nafaqat bir bosqich yakunlanishi, balki yangi hayot eshigiga ilk qadamdir. Litsey jamoasi barcha bitiruvchilarga kelgusi hayot yo‘llarida omad, zafar va bardavom muvaffaqiyatlar tilaydi.