2025-yil 9-aprel kuni FarDTU 2-son akademik litseyining bilimli va faol ingliz tili fani o‘qituvchisi, 7-23-guruh rahbari Yuldasheva Nigora tomonidan “Amir Temur – sohibqiron, buyuk sarkarda” mavzusida ochiq seminar darsi yuqori saviyada tashkil etildi.
Seminar dars davomida o‘quvchilarga Amir Temurning shonli hayoti, harbiy sarkardaligi, davlat boshqaruvidagi donishmandligi va jahon tarixidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ta’limiy va tarbiyaviy jihatdan boy bo‘lgan ushbu dars interaktiv metodlar asosida o‘tkazilib, o‘quvchilarda tarixga, milliy qadriyatlarga nisbatan qiziqish va hurmatni oshirdi.