Arifmetik progressiya mavzusida ochiq dars

2025-yil 11-aprel kuni 2-juftlik dars mashg‘ulotida Matematika fani o‘qituvchisi Alijonov Sirojiddin ustoz tomonidan 3.24-guruhda “Arifmetik progressiyaga doir misollar yechish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Dars davomida talabalar arifmetik progressiyaning asosiy tushunchalari — boshlang‘ich hadi, hadlar orasidagi farq va umumiy formulalar bilan tanishtirildi. Shuningdek, har xil darajadagi misollar ustida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. O‘quvchilar arifmetik progressiyaning umumiy hadi va hadlar yig‘indisini hisoblash usullarini qo‘llashni o‘rgandilar. Dars interfaol metodlar asosida o‘tib, talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlashdi va mavzuga doir savol-javoblarda faol ishtirok etdilar. Ochiq dars yuqori saviyada o‘tkazildi va o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qildi.