“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvi

Bugun 15-sentabr kuni TATU Farg’ona filiali akademik litseyida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Zakovat” intellektual bilimlar bellashuvining ta’lim muassasasi bosqichi bo’lib o’tdi.
Ushbu bilimlar bellashuvida akademik litseyimizdan yo’nalishlar kesimida birinchi bosqich o’quvchlari ishtirok etdilar. Qiziqarli o’tgan o’yinning so’ngida “Iqtisodchilar” jamoasi 1-o’rinni, “optimistlar” jamoasi 2-o’rinni hamda “future leaders” jamoasi 3-o’rinni egallashdi.