“Bir asar tahlili”: Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasi obrazlari muhokama qilindi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi ta’til davomida FarDTU 2-son akademik litsey o‘quvchilari va Soy bo‘yi MFY yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan “Bir asar tahlili” tadbirlar rejasiga muvofiq, 2025-yil 23-iyul kuni litseyning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi D. Ernazarova tomonidan Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasi asosidagi obrazlar tahliliga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchi-yoshlar asardagi asosiy qahramonlar — Amir Temur, uning yaqinlari va davr voqealari tasviri ustida fikr almashdilar. Obrazlar orqali tarixiy shaxslar xarakteri, adibning vatanparvarlik ruhidagi g‘oyalari va badiiy tasvir vositalari chuqur tahlil qilindi.

Tadbir kitobxonlik madaniyatini mustahkamlash, tarixiy merosga hurmat bilan qarash va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

📚 Bizni kuzatishda davom eting!