Bitiruvchi o‘quvchilar uchun oliy ta’limga yo‘naltirish

Bugun, 27-fevral kuni akademik litseyning bitiruvchi guruh o‘quvchilarini oliy ta’limga yo‘naltirish maqsadida AMITY universiteti vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida universitet vakillari ta’lim dasturlari, qabul jarayoni va talabalarga yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kelajakdagi ta’lim yo‘nalishlarini belgilashda muhim tavsiyalarni eshitdilar. Ushbu uchrashuv bitiruvchilarga oliy ta’lim tanlovida to‘g‘ri qaror qabul qilishga ko‘maklashish va ularning kelajakdagi kasbiy rivojlanishiga yo‘naltirish maqsadida tashkil etildi.