Bugun 21 oktyabr – asrlar silsilasidan omon o’tgan ona tilimizning qaytadan tug’ilgan kuni, millat bayrami, umumxalq shodiyonasidir

O’zbеk tiliga davlat tili maqomi bеrilgan kunga bag’ishlangan tantanalar mohiyatan ona xalqimizning o’zbеk tiliga yuksak hurmat va sadoqatini o’zida namoyon etadi.

Qutlug’ sana munosabati bilan ТАТU Farg‘ona filiali akademik litseyida “TIL DIL KALITI!” shiori ostida o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda TATU Farg‘ona filialidan tashrif buyurgan ustozlar, akademik litsey o‘qituvchi va o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.