Vodorod atomi uchun Bor nazariyasi mavzusida ochiq dars

📚 2025-yil 2-may kuni, akademik litseyda fizika fanidan navbatdagi ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Darsni tajribali va faol ustozlardan biri – Isroiljon Usmonov olib bordi. Ustoz tomonidan “Vodorod atomi uchun Bor nazariyasi. Energetik sathlar va Bor nazariyasining kamchiliklari” mavzusida 1-23(2) guruhida chuqurlashtirilgan va interaktiv ochiq dars tashkil etildi. 🔬 Dars davomida Bor nazariyasining asosiy postulatlari, vodorod […]

Read More

“Nature. Save the Environment. Review” — ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

Akademik litseyda ingliz tili fani o‘qituvchisi Nigora Muydinova tomonidan 8-24 guruhida “Nature. Save the Environment. Review” mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi. Darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarga atrof-muhitni asrash, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, ekologik muammolar va ularning yechimlari haqida ingliz tilida fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratildi. Mashg‘ulot davomida interaktiv usullar, guruhli ishlash, savol-javoblar va ingliz tilidagi […]

Read More

“Kitobxon o‘quvchi” loyihasi doirasida “Oq kema” asari muhokama qilindi

2025 yil 28-aprel kuni “Kitobxon o‘quvchi” loyihasi doirasida akademik litseyda ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, faol ustoz Parpiyeva Xadiyja tomonidan o‘quvchi yoshlar uchun targ‘ibot darsi tashkil etildi. Ushbu dars mashg‘uloti mashhur qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning “Oq kema” asarini muhokama qilishga bag‘ishlandi. Targ‘ibot darsida o‘quvchilar asar mazmuni, undagi falsafiy va ijtimoiy g‘oyalar, obrazlar tahlili hamda […]

Read More

Rus tili fanidan “Choyli fantaziyalar. Xizmatdosh so‘z turkumlari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

2025 yil 23-aprel kuni akademik litseyda 2-juftlik dars mashg‘uloti davomida faol va tajribali ustozlardan biri — rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Nozanin Muratova tomonidan 8-24 guruhida “Чайные фантазии. Служебные части речи” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Ochiq dars zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil qilinib, o‘quvchilarda xizmatdosh so‘z turkumlari haqida chuqur bilim hosil qilish, ularni […]

Read More

Arifmetik progressiya mavzusida ochiq dars

2025-yil 11-aprel kuni 2-juftlik dars mashg‘ulotida Matematika fani o‘qituvchisi Alijonov Sirojiddin ustoz tomonidan 3.24-guruhda “Arifmetik progressiyaga doir misollar yechish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Dars davomida talabalar arifmetik progressiyaning asosiy tushunchalari — boshlang‘ich hadi, hadlar orasidagi farq va umumiy formulalar bilan tanishtirildi. Shuningdek, har xil darajadagi misollar ustida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. O‘quvchilar arifmetik progressiyaning […]

Read More

“Olmosh so‘z turkumi” mavzusida ochiq dars

2025-yil 11-aprel kuni akademik litseyning 3-juftlik dars mashg‘ulotida ona tili fani o‘qituvchisi Parpiyeva Xadijaxon tomonidan 9-24-guruhida “Olmosh so‘z turkumi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Dars davomida o‘quvchilarga olmosh so‘z turkumining grammatik xususiyatlari, turli vaziyatlardagi qo‘llanilishi va ularning ma’no jihatidan farqlari tushuntirildi. O‘quvchilar amaliy misollar yordamida olmoshlarni to‘g‘ri ishlatish va so‘zlarning tuzilishini chuqurroq anglash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Read More

“Kvadrat funksiya va uning grafigi” mavzusida ochiq dars

2025-yil 10-aprel kuni akademik litseyning faol va tashabbuskor ustozlaridan biri, matematika fani o‘qituvchisi Nodira Dostonova tomonidan 3-juftlikda, 309-honada 5-24 guruhi bilan “Kvadrat funksiya va uning grafigi” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq darsda o‘quvchilarga kvadrat funksiyaning matematik asoslari, uning grafigi va amaliy qo‘llanilishi haqida keng qamrovli tushunchalar berildi. Interaktiv usullar va vizual materiallardan foydalangan holda darsni […]

Read More

“Amir Temur – sohibqiron, buyuk sarkarda” mavzusida ochiq seminar darsi

2025-yil 9-aprel kuni FarDTU 2-son akademik litseyining bilimli va faol ingliz tili fani o‘qituvchisi, 7-23-guruh rahbari Yuldasheva Nigora tomonidan “Amir Temur – sohibqiron, buyuk sarkarda” mavzusida ochiq seminar darsi yuqori saviyada tashkil etildi. Seminar dars davomida o‘quvchilarga Amir Temurning shonli hayoti, harbiy sarkardaligi, davlat boshqaruvidagi donishmandligi va jahon tarixidagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ta’limiy […]

Read More

Fransuz tilidan ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

🗓 2025-yil 2-aprel kuni, ikkinchi juftlik darsida akademik litseyning eng faol va tajribali ustozlaridan biri, fransuz tili fani o‘qituvchisi Xolbekova Sayyora ustoz tomonidan 6-24-guruh o‘quvchilari ishtirokida ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi. 📘 Dars mavzusi: “L’art de faire des achats” (Xarid qilish sanʼati) bo‘lib, unda o‘quvchilarga kundalik hayotda fransuz tilida xarid qilish jarayoni, so‘zlashuv madaniyati, lug‘at […]

Read More

Akademik litseyda ko‘rgazmali ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

📅 2025-yil 28-mart kuni, uchinchi juftlik o‘quv mashg‘uloti davomida akademik litseyning eng tajribali ustozlaridan biri, fizika fani o‘qituvchisi Xakimova Gulchehra tomonidan 3-23-guruh o‘quvchilari uchun ko‘rgazmali ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi. 📘 Dars mavzusi: “Fotonlar. Ichki fotoeffekt. Fotoeffektning qo‘llanishi. Quyosh energiyasidan foydalanish.” bo‘lib, unda zamonaviy fizika tushunchalari, fotoeffekt hodisasi va uning amaliy qo‘llanilishi, ayniqsa, quyosh energiyasidan […]

Read More