Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyini 2024-2025 o‘quv yilida jami 168nafar bitiruvchilar aʼlo baholar va namunali xulq bilan tamomladilar. Bitiruvchilarning 90%dan ortiqlarida xorijiy va milliy sertifikatlar mavjud bo‘lib, bir necha nafarlari muddatidan avval talabalikka erishganlar.
💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠💠
Joriy yilning 12-iyun kuni akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirga Farg‘ona davlat texnika universiteti rahbariyati vakillari ham tashrif buyurdilar.
✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨✨
Marosimda bitiruvchilarning 5 nafari kumush medal va imtiyozli qizil diplom bilan, 34 nafari qizil diplom bilan taqdirlandilar. Diplom topshirish tadbiri judayam ko‘tarinkilik va esdaliklarga boy tadbir bo‘ldi.

- 12 Jun
- 2025