“Dolzarb 90 kun” doirasida ingliz tili to‘garaklari davom etmoqda

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar va Soy bo‘yi MFY yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 10-iyul kuni xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi N. Yuldasheva tomonidan ingliz tilini o‘rganishga qaratilgan to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar ingliz tilidagi turli murakkab matnlarni tarjima qilish bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.

Mazkur to‘garak o‘quvchi-yoshlar orasida chet tillarini o‘rganishga qiziqishni yanada kuchaytirishga xizmat qilib, ularning til o‘zlashtirishdagi faolligini va o‘zaro raqobatbardoshligini oshirdi.