“Dolzarb 90 kun” doirasida “Kino kuni” tadbiri o‘tkazildi

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida yozgi ta’til davrida o‘quvchilar va Soy bo‘yi MFY yoshlari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Joriy yilning 9-iyul kuni “Kino kunlari” tadbirlar rejasiga muvofiq, litsey o‘qituvchisi N. Yuldasheva boshchiligida yoshlarga o‘zbek kinosi mahsuli bo‘lgan “Ilhaq” badiiy filmi namoyish etildi.

Film namoyishi davomida o‘quvchi-yoshlar vatanparvarlik, insoniylik, halollik va mehr-oqibat g‘oyalari bilan boyitilgan voqealar bilan tanishib, film mazmunidan katta taassurotlar oldilar hamda o‘zlariga tegishli hayotiy xulosalar chiqardilar.