“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amaliy fizika to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi

Akademik litsey o‘quvchi-yoshlarining va Soy bo‘yi MFY yoshlarining ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida, shuningdek “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida, joriy yilning 26-iyun kuni navbatdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

Akademik litseyning fizika fani o‘qituvchisi N. Qurbonova tomonidan o‘quvchi-yoshlar uchun “Qiya tekislikni foydali ish koeffitsiyenti aniqlash” mavzusida amaliy fizika bo‘yicha to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga qiya tekislikda bajariladigan ish, kuchlar muvozanati, ish koeffitsiyenti va uning amaliy ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar laboratoriya sharoitida tajribalar o‘tkazib, o‘lchashlar olib bordilar va natijalar asosida xulosalar chiqarishdi.

Ushbu tadbir o‘quvchilarning fizikani amaliy yo‘sinda o‘rganishiga, tajribaviy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga, yozgi ta’til davrini mazmunli va foydali o‘tkazishga xizmat qildi.