“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 2025-yil 13-iyun kuni o‘quvchilarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida, shuningdek, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchi-yoshlar uchun dasturlash va sun’iy intellekt yo‘nalishida loyihalar ustida ishlash mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirda o‘quvchilar dasturlash asoslari, algoritmlash va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy bilimlar oldilar. Shuningdek, o‘quvchilar kichik guruhlarda birgalikda ishlash, loyiha g‘oyalarini ishlab chiqish va ularni dasturlash muhitida sinab ko‘rish jarayonida faol ishtirok etdilar.

Tashkil etilgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning IT sohasiga qiziqishini oshirish, kreativ fikrlash va muammolarni yechish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirishga xizmat qildi.

Shu kabi ma’rifiy va innovatsion tadbirlar akademik litseyda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni kelajak kasblariga yo‘naltirish maqsadida muntazam o‘tkazilishi rejalashtirilgan.