Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 2025-yil 3-iyul kuni yozgi ta’til davridagi o‘quvchilar va Soy bo‘yi MFY yoshlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ingliz tilini o‘rganish to‘garaklari tashkil etildi.
Mazkur tadbir xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi N. Yuldasheva tomonidan olib borildi. To‘garak mashg‘ulotlari davomida ishtirokchilarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilar murakkab matnlarni ingliz tilidan tarjima qilish bo‘yicha bellashuvlarda qatnashdilar va o‘zaro tajriba almashdilar. Tadbir yoshlarda chet tilini o‘zlashtirishga bo‘lgan rag‘batni kuchaytirish hamda ularning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali o‘tkazishga xizmat qildi.