Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida joriy yilning 27-iyun kuni o‘quvchilarning va Soy bo‘yi MFY yoshlarining ta’til davridagi bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish maqsadida, shuningdek “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ingliz tilini o‘rganish to‘garaklari tashkil etildi.
Mazkur to‘garak mashg‘ulotlarini xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi B. Otaqulova olib bordi. Tadbir davomida o‘quvchilarga ingliz tilining asosiy grammatik qoidalari, so‘z boyligini oshirish usullari va og‘zaki muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
💠 Shuningdek, o‘quvchilar to‘garak davomida ingliz tilidagi murakkab matnlar tarjimasi ustida bellashuvlar o‘tkazib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdi.
Ushbu tadbir o‘quvchi-yoshlar orasida xorijiy til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, tarjima va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek yozgi ta’til davrini mazmunli va foydali o‘tkazishga xizmat qildi.