Bir guruh soha vakillari “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻi bilan 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona faoliyat yuritib, yoshlarning sifatli taʼlim olishi va kasb-hunar egallashida oʻzining samarali mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Bular qatorida TATU Farg‘ona filiali akademik litseyimizning fidoyi ustozlaridan biri Xatamov Xumoyun ustoz ham bor. Litsey jamoasi, barcha ustozlar va o‘quvchilari nomidan Xatamov Xumoyun ustozni mukofot bilan chin dildan tabriklaymiz.