“Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida targ‘ibot tadbiri

2025 yil 25-aprel kuni akademik litseyda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish maqsadida “Giyohvandlik – umr zavoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirga 3-24 guruh rahbari, faol ustoz Isroiljon Usmonov boshchilik qildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan mavzuga oid videolavhalar namoyish etildi, hayotiy saxna ko‘rinishlari orqali giyohvandlikning inson salomatligiga va kelajagiga salbiy ta’siri ochib berildi. She’rlar, iqtiboslar va viktorina savollari orqali o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshirildi.

Tadbir ko‘tarinki ruhda va ta’sirchan tarzda o‘tkazildi. Unda sog‘lom hayot tarzini tanlash, yot illatlardan yiroq bo‘lish, o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashish haqida chuqur fikrlar bildirildi. O‘quvchilar ushbu muhim ijtimoiy muammo haqida chuqur mulohaza yuritishga undaldi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlashi, zararli odatlardan yiroq bo‘lishi va jamiyatda faol, sog‘lom fikrli insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim o‘rin tutadi.