Giyohvandlikka qarshi kurash: akademik litseylar o‘rtasida volleybol musobaqasi

TATU Farg‘ona filiali akademik litseyida “Giyohvandlikka qarshi kurashish” oyligi doirasida, “Besh tashabbus olimpiadasi” tadbirlari asosida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Farg‘ona shahridagi akademik litseylar o‘rtasida volleybol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada turli litseylardan jamoalar ishtirok etib, jismoniy faollik va jamoaviy hamjihatlik namunasini ko‘rsatdilar. Ushbu sport tadbiri yoshlarni zararli odatlardan himoya qilish, ularni sog‘lom va faol hayot tarziga yo‘naltirishga xizmat qildi.

Musobaqa qizg‘in kurash va ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarga sport orqali irodani mustahkamlash va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini berdi. G‘olib jamoalar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bunday sport tadbirlari yoshlarning sog‘lom hayotga bo‘lgan e’tiborini oshirish bilan birga, ularni birlashtirish va faollikka undashda muhim ahamiyat kasb etadi.