BMT FAO va YeXHTʼning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori IT Park va CGIAR Accelerate for Impact Platform koʻmagida  Hack 4Digital Villages mintaqaviy xakatonini tashkil etdi.
Tadbirdan maqsad Fargʻona vodiysi yoshlarining intellektual va ijodiy qobiliyatlarini safarbar qilish va Oʻzbekiston Fargʻona vodiysidagi FAOʻning sinov tariqasidagi raqamli qishloqlar aholisiga foyda keltiradigan raqamli innovatsiyalarga eʼtibor qaratishdan iborat.
Tadbir 24-26 noyabr kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filialida boʻlib oʻtdi.
Tadbirda bizning litsey o‘quvchilari jamoasi ham faol ishtirok etishdi. Litsey o‘quvchilari tayyorlagan loyihalari bo‘yicha taqdimotlarini ingliz tilida himoya qildilar.
Faol ishtiroklari uchun sertifikatni qo‘lga kiritdilar.