“Farg’ona Yoshlar Hakatoni” musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.

TATU Fargʻona filialida Fargʻona yoshlar hakatoni final bosqichi taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur musobaqa  BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) ning O’zbekistondagi Vakolatxonasi ko’magi bilan yoshlarini kasb-hunarga o’qitish, ish bilan taminlash va ishsizlik kabi masalalarga zamonaviy yechimlar topishga yo’naltirildi.

  • Taʼlim va kasb-hunarga o’qitish;
  • Bandlikni ta’minlash bo’yicha yechimlar;
  • Zamonaviy sohada o’zini band qilgan frilanserlik;
  • Tadbirkorlik sohasidagi yechimlar;

Gʻolib jamoalarga zamonaviy va qimmatbaho noutbuk, planshet, smartfon hamda faol ishtirokchilarga uchun smart-soat va quloqchinlar topshirildi.
Hakatonda akademik litseyning faol o‘quvchilari ham ishtirok etib, sovg‘alarni qo‘lga kiritdilar.