Hamkorlikdagi musobaqaga start beramiz

Bahorni qizg‘in, jo‘shqin va sizni qaytadan kashf qilishga ko‘maklashadigan musobaqalar bilan boshlashni istaganlar uchun muhim yangilik!

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali (TATU FF) va Codial akademiyasi hamkorlikda “Boshlang‘ich dasturlash” bo‘yicha musobaqaga start beramiz.

Faqatgina Codial o‘quvchilari va universitetning 1- va 2-bosqich talabalari qatnashishi mumkin bo‘lgan musobaqa 28-mart sanasiga belgilandi. TOP 3 o‘rin uchun kurash ishtirokchilarini TATU FF asosiy binosida kutamiz.

Ro‘yxatdan o‘tish va o‘rganganlaringizni sinash uchun ushbu havola ustiga bosing: https://forms.gle/bZLDMuJ2y9EPZ2CHA