Harbiy dala mashqlari – vatanparvarlik saboqlari

2025-yil 8-aprel kuni akademik litseyning ikkinchi bosqich o‘quvchi yigitlari ChQBT rahbari Bekzod Niyazov boshchiligida Farg‘ona viloyati harbiy poligonida o‘q otish bo‘yicha harbiy dala mashqlarida ishtirok etdilar.

Mazkur mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar harbiy intizom, qurolni to‘g‘ri tutish, nishonga o‘q uzish kabi amaliy ko‘nikmalarni o‘rgandilar. Shuningdek, ular jamoaviylik, mas’uliyat va jasorat kabi fazilatlarni chuqur anglab yetish imkoniga ega bo‘lishdi.

Ushbu harbiy-amaliy tadbir o‘quvchi yigitlarda vatanparvarlik, fidoiylik va ona yurti oldidagi mas’uliyat hissini yanada kuchaytirishiga xizmat qilishi shubhasiz.