2023yil 21-dekabr kuni Farg‘ona shahar hokimi va Farg‘ona shahar yoshlari o‘rtasida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Uchrashuvda Farg‘ona shahar hokimligi va Farg‘ona shahar yoshlar ishlari agentligi tomonidan faol yoshlar taqdirlandi. Shunday yoshlar qatorida TATU Farg‘ona filiali akademik litseyi yoshlar yetakchisi Maxliyo Quronboyeva va litsey o‘quvchisi Zuhra Zokirovalar ham tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandilar.