2025-yil 17-aprel kuni FarDTU huzuridagi 2-son akademik litseyning faol ustozlari Quva tumanidagi bir nechta umumiy o‘rta ta’lim maktablariga tashrif buyurib, 9-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar. Uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘quvchilarni akademik litseyga o‘qishga targ‘ib qilish, ularni litsey hayoti va ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Targ‘ibot tadbirlari ko‘tarinki ruhda, samimiy muloqotlar va o‘zaro savol-javoblar asosida o‘tdi. Ustozlar litseydagi chuqurlashtirilgan ta’lim tizimi, malakali pedagoglar, zamonaviy dars jarayonlari va o‘quvchilarga yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.