Ingliz tili oyligi doirasida TED Talk – omma oldida nutq so‘zlash tadbiri tashkil etildi

📅 2025-yil 16-may kuni litseyimizda ingliz tili fani oyligi doirasida TED Talk – omma oldida ingliz tilida nutq so‘zlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹 Tadbir doirasida o‘quvchilar atrof-muhit, psixologiya, falsafa, ilm-fan, texnologiya, musiqa va iqtisod kabi sohalarga oid mavzularda izlanish olib borib, tayyorlagan ingliz tilidagi nutqlarini ommaga taqdim etdilar.

🗣 Nutqlar orqali o‘quvchilar o‘z fikrlarini erkin bayon qilish, auditoriya oldida ishonchli va mantiqiy tarzda gapirish ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Bu esa ularning nafaqat til ko‘nikmalarini, balki jamoat oldida chiqish madaniyatini ham rivojlantirishga xizmat qildi.

✅ Tadbir yakunida ustozlar tomonidan o‘quvchilarning chiqishlari baholab borildi va faol ishtirokchilar rag‘batlantirildi.

📌 Bunday tadbirlar o‘quvchilarning ijtimoiy faolligi va xorijiy tilga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.