Ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi bot ishga tushirildi

Sun’iy intellekt elementlaridan foydalangan holda ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi bot (ilmiy tadqiqot ishi doirasida) ishlab chiqildi.

Mazkur bot orqali foydalanuvchining ingliz tilini bilish darajasini 4 ta ko‘nikma (tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish) asosida aniqlash mumkin.

Shuningdek, bot orqali fikrlar, taqrizlar va maslahatlar olish hamda yozma ishni plagiatga tekshirish imkoniyati mavjud.

Bot manzili: @mock_milliy_test_bot