Ingliz tilini o‘rganishga qaratilgan navbatdagi to‘garak mashg‘uloti

Farg‘ona davlat texnika universiteti 2-son akademik litseyida 2025-yil 31-iyul kuni o‘quvchilarning hamda Soy bo‘yi MFY yoshlarining ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi B. Otaqulova tomonidan ingliz tilini o‘rganishga qaratilgan to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mazkur mashg‘ulotda ishtirokchilar ingliz tilining asosiy grammatik qoidalari, lug‘at boyligini oshirish, og‘zaki va yozma nutqni shakllantirishga doir topshiriqlar ustida ishladilar. Interaktiv uslublar asosida o‘tkazilgan darslar o‘quvchilarda xorijiy tilga nisbatan qiziqishni oshirib, mustaqil o‘rganish motivatsiyasini kuchaytirdi.

Tadbir o‘quvchi-yoshlarning til o‘rganish jarayonidagi faolligini rag‘batlantirishga va ularning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.